Главная
Регистрация
Вход
Воскресенье
19.05.2024
17:27
WELCOME !!! Гость | RSS
Studentka.ucoz.net

Saytga kirish
гость
17:27
GRUPPA: Гости


Menyu

Bizning savol
Оцените мой сайт
Всего ответов: 67

Yo'nalish
She'rlar [7]
She'rlar olami ...
Dunyo yangiliklari [3]
Turizm haqida [4]
Aforizmlar [11]
Avtomobillar [2]
Qiziqarli xabarlar [7]
Qo`shiq matni [7]
Sport olami [2]
Taom retseptlari [7]
Abiturientlar uchun ma'lumotlar [11]
Fizika, Matematika, Adabiyot va Ona tili
Tabrik va E'lonlar [2]

  
Главная » 2011 » Апрель » 26 » Samarqandda turizm
14:37
Samarqandda turizm

Samarqand
– jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Er yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi.
Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari uni ishg’ol qilgan. Eramizning birinchi asrlarida shahar qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga tushib qolgan edi.
VI-VII asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat qilgan ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan. VII asr oxirida – VIII asr boshida arab istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi.
Evropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar.
Samarqand – afsonaviy shahar. Bu yerda har bir tosh, jarlik yoki suv havzasi - o’tmishdan so’ylovchi tirik bir ertak, shaharning har bir dahasi (guzari yoki mahallasi) o’z afsonalarini go’yoki shajarasi kabi saqlab keladi. Ba’zan har bir samarqandlikning qalbiga aziz bo’lgan biror bir tarixiy voqea yoki joy xam afsonalarga ko’miladi.
Zamonaviy Samarqand - holisining soni va hududining kattaligi, sanoat ahamiyatiga ko’ra O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi shahri bo’lib, jahon turizmining markazidir. U Zarafshon daryosining o’rta oqimi chap qirg’og’ining adirli qismida joylashgan.
Tabiatning o’zi Samarqandga go’zal iqlim va toza suv in’om etgan – u o’zbek zaminining jannatmakon yerida qad ko’targan.
Samarqandning iqlimi kontinental-subtropik iqlim. Bulutsiz kunlarning soni yiliga 155 ta, quyosh charaqlagan soatlar yig’indisi 2916, yilning o’rtacha harorati +13,4, yanvar oyi – 0, iyul oyi +26. Absolyut minimum –27, absolyut maksimum +45. Aholisi 364,3 ming kishi.
Shaharning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi, Dargom, Siyob, Shaudar ariqlaridir.

«Samarqand»
— mehmonxona; Samarqand sh. Ohunboboev ko`chasida joylashgan (1967, me`mori О.Aydinova). Amir Temur maqbarasi yaqinida. Mehmonxona 9 qavatli yotoqxona va 1 qavatli jamoatxonadan tuzilgan.  320 o`rinli 1 vа 2 kishilik xonalardan  iborat bo`lgan 9 qavatli  yotoqxonaning  har bir honasi barcha  qulayliklarga ega, devor ichi mehrob shaklida ishlangan  shkaflar bilan  jihozlangan.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Turizm haqida | Просмотров: 1437 | Добавил: Feya_89 | Теги: Samarqandda turizm | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Saytdan qidirish

Kalendar
«  Апрель 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Yangiliklar olami

Sayt dustlari
  • DODA Portal
  • FAkultetlar
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024