Главная
Регистрация
Вход
Суббота
11.05.2024
16:04
WELCOME !!! Гость | RSS
Studentka.ucoz.net
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Feya_89  
Forum.Studentka » Forum / Форум » Forum » # Psixologik testlar # (Psixologik savollar beramiz !)
# Psixologik testlar #
Feya_89Дата: Суббота, 07.05.2011, 16:08 | Сообщение # 1
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Tejamkor bekamisiz?

1. Oziq-ovqat do`koniga qanchalik ko`p borasiz?
A) Haftada bir marta;
cool Ba'zan shunchaki, ba'zan zarurat yuzasidan;
C) Har kuni
2. Do`konga borayotganda aynan qaysi mahsulotlarni harid qilish uchun ketayotganingizni aniq bilasizmi?
A) Ha, qo`limda ro`yhat bo`ladi;
cool Ro`yhatim bo`lmaydi, ammo nima olishimni yoddan bilaman;
C) Yo`q, hammasini o`sha yerda hal qilaman
3. Yig`ib qo`ygan pullaringizni arzon uchrab qolgan etik yoki palto uchun sarflab yuborishungiz mumkinmi?
A) Yo`q, hech qachon;
cool Odatda, unday emas, ammo buyum juda yoqib qolsa, bo`lishi mumkin;
C) Ha, bunaqasi ko`p bo`ladi
4. Yirik harid uchun pul yetmay qolsa, katta miqdorda qarz olishingiz mumkinmi?
A) Qarz olishni yomon ko`raman;
cool Buni nimasi yomon?
C) Pul yetmasa, yagona yo`li qarz olish
5. Qarz so`raganingizda, rad javobini olganmisiz?
A) Yo`q, odatda so`rashim bilan berishadi;
cool Ba'zida ha;
C) Ko`pincha rad javobini berishadi
6. Maosh olganingizda, uning bir qismini olib qo`yasizmi?
A) Ha, odatda shunday qilaman;
cool Ba'zida olib qo`yish esdan chiqadi, keyin oylikkacha qiynalib qolaman;
C) Yo`q, olib qo`ymiman, pulim qolmasa, kimdandir qarz so`riman
7. Pulni tajamayotganingiz uchun oila a'zolaringizdan dakki eshitganmisiz?
A) Yo`q, hech qachon;
cool Ba'zi-ba'zida;
C) Kunda dakki eshitaman
8. Yangi narsa olishni oldindan rejalashtirasizmi?
A) Albatta;
cool Odatda ha, ammo yaxshi 0narsa uchrab qolsa, olishim mumkin;
C) Yo`q, rejalashtirmiman, yoqqan narsani olaveraman
9. Ayni damda yoningizda qancha pul borligini aniq ayta olasizmi?
A) Ha, tiyin-tiyinigacha;
cool Tahminan;
C) Yo`q

Natijalar:

A - javobi ko`p bo`lsa: Siz tajribali va tejamkor bekasiz. Sizdan ibrat olsa arziydi.

B - javobi ko`p bo`lsa: Sizni tejamkor deyish mumkin. Lekin ko`pincha keraksiz haridlarga yo`l qo`yasiz. Pulingizni tejashga harakat qiling.

C - javobi ko`p bo`lsa: Siz pulingizni isrof qilasiz. Pulni sanamay ishlatasiz. Pulga va haridga munosabatingizni zudlik bilan o`zgartirishingiz kerak.


 
Forum.Studentka » Forum / Форум » Forum » # Psixologik testlar # (Psixologik savollar beramiz !)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024