Samarqand – jahonning eng qadimiy shaharlaridan
biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va
tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Er yuzi», «Sharq
olamining bebaho durdonasi», «jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning
Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz
bag’ishlamagan edilar. Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan
avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri
haqida nomini Marokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida
qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi.
Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329
yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon
lashkarlari uni ishg’ol qilgan. Eramizning birinchi asrlarida shahar
qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga tushib qolgan edi. VI-VII
asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat qilgan
ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan. VII asr oxirida – VIII asr boshida
arab istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi. 1220 yil bahorida shaharni Chingisxonning qo’shinlari qo’lga olib, uning qadimgi zaminigacha buzib tashlaganlar. XIV
asr - XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi yuz beradi. Aynan shu davrda
Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang daryosigacha, Tyan-Shan
tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan davlatning poytaxti
sifatida Samarqand jahonda mashhur bo’ladi. Amir Temur poytaxti
Samarqandni go’zal shaharga aylantirishni orzu qilar edi. Hindiston,
Afg’oniston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlari, Turkiyaga qilgan har
bir harbiy yurishdan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va
allomalarni olib kelar edi. O’z davlati ichida Temur yaratuvchi ijodkor
edi. U rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni saxiylar bilan
qo’llab-quvvatlar edi. Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo
Ulug’bekka ham o’tadi, uning besh asr avval yaratilgan yulduzlar
katalogi va xaritasi butun dunyoni hozir ham hayratda qoldiradi. Aynan Temuriylarnig hukmronligi davrida Samarqand o’zinnig eng yuksak kamolotiga yetgan edi. Evropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. Samarqand
– afsonaviy shahar. Bu yerda har bir tosh, jarlik yoki suv havzasi -
o’tmishdan so’ylovchi tirik bir ertak, shaharning har bir dahasi (guzari
yoki mahallasi) o’z afsonalarini go’yoki shajarasi kabi saqlab keladi.
Ba’zan har bir samarqandlikning qalbiga aziz bo’lgan biror bir tarixiy
voqea yoki joy xam afsonalarga ko’miladi. Zamonaviy Samarqand -
holisining soni va hududining kattaligi, sanoat ahamiyatiga ko’ra
O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi shahri
bo’lib, jahon turizmining markazidir. U Zarafshon daryosining o’rta
oqimi chap qirg’og’ining adirli qismida joylashgan. Tabiatning o’zi Samarqandga go’zal iqlim va toza suv in’om etgan – u o’zbek zaminining jannatmakon yerida qad ko’targan. Samarqandning
iqlimi kontinental-subtropik iqlim. Bulutsiz kunlarning soni yiliga 155
ta, quyosh charaqlagan soatlar yig’indisi 2916, yilning o’rtacha
harorati +13,4, yanvar oyi – 0, iyul oyi +26. Absolyut minimum –27,
absolyut maksimum +45. Aholisi 364,3 ming kishi. Shaharning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi, Dargom, Siyob, Shaudar ariqlaridir.
«SAMARQAND» — mehmonxona; Samarqand sh. Ohunboboev ko`chasida joylashgan
(1967, me`mori О.Aydinova). Amir Temur maqbarasi yaqinida. Mehmonxona 9
qavatli yotoqxona va 1 qavatli jamoatxonadan tuzilgan.
320 o`rinli 1 vа 2 kishilik xonalardan iborat bo`lgan 9 qavatli yotoqxonaning har bir honasi barcha qulayliklarga ega, devor ichi mehrob shaklida ishlangan shkaflar bilan jihozlangan.