Photoshopda tasvirdagi obyektlarni bo'yash Kerakli rasmni tanlab olamiz.
Uni Photoshopda ochamiz.
Maska rejimiga o'tib (Q tugmasini bosish orqali), bo'yalishi kerak bo'lgan soha (obyekt)ni cheti yumshoq kist bilan bo'yab olamiz.
Endi yana oddiy rejimga qaytamiz (Q). E'tibor bergan bo'lsangiz, Belgilangan soha aynan o'sha obyektdan tashqari. Shu sababli belgilangan sohani invert (teskari) qilamiz (Ctrl+Shift+I).
Endi o'sha sohadan yangi sloyga nusxa ko'chiramiz (Ctrl+J).
Final: So'nggi etapda Image>Adjustments>Hue/Saturation (Изображение>Настройка>Оттенок/Насыщение) (Ctrl+U) oynachasini ochamiz va colorize punktini yoqib, ton va boshqa nastroykalarni biroz o`zgartiramiz (orqadagi rasm o'zimizga yoqqunicha).
Tamom. Sariq olma qizilga aylandi.