Главная
Регистрация
Вход
Вторник
23.04.2024
19:46
WELCOME !!! Гость | RSS
Studentka.ucoz.net
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Forum.Studentka » Vertual olam / Vertualniy Mir » Vertu darsliklar » Adabiyotni o`rgatamiz.
Adabiyotni o`rgatamiz.
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 13:06 | Сообщение # 1
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Adabiyot fanidan boshlang`ich ta'lim.

 
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 13:13 | Сообщение # 2
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Personaj – bu atama badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi.
Obraz – keng ma’noda ijodkorning fikr – tuyg’ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Obrazlar turli xil bo’ladi:
1. Realistik obrazlar – hayot haqiqatiga monand obrazlar.
2. Romantik obrazlar – hayotda aynan bo’lmagan, ammo bo’lishi orzu qilingan obraz.
3. Xayoliy – fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan obrazlar.
4. Afsonaviy obrazlar – butunlay xayoliy bo’lib, ular bitmas – tuganmas kuch – qudratga , yuksak fazilatlarga ega bo’ladi.
5. Simvolik obrazlar – narsalar, o’zimliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtiruvchi obrazlar.
6. Mifologik obrazlar – afsonalar asosida yaratilgan asotiriy obrazlar.
7. Satirik – yumoristik obrazlar - kulgu bilan tasvirlangan obrazlar.
8. Bosh obrazlar – asar voqealari markazida turib, asar ziddiyatining hal etilishida yetakchi rol o’ynaydigan, syujet voqealarini harakatga keltiruvchi, yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan obrazlar.
9. Ikkinchi darajali obrazlar – asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan, uni to’ldirishga xizmat qiladigan obrazlar.
10. Epizodik obrazlar – voqealar zanjirida bir – ikki o’rindagina qatnashib, keyin tushib qoladigan obrazlar.


Badiiy obraz
yaratish usuli, ya’ni san’atkorning hayot dalillarini tanlash prinsipi badiiy umumlashtirish va badiiy tasvir usuli prinsiplari badiiy ijod usuli deyiladi. San’at va adabiyotda bir necha badiiy ijod usuli bor. Bulardan eng asosiylari romantizm va realizmdir.

ROMANTIZM – turmushning o’zidan ko’ra ko’proq turmush haqidagi orzularni tasvirlash hisoblanadi. Bu usul 3 xil bo’ladi:
1. Reaksion romantizm – bunda san’atkor tomonidan yaratilgan obraz, san’atkor dunyoqarashi va istaklari jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmay, balki jamiyatdagi o’z umrini tugatgan voqelikni tiriltirishga yoki umri tugab borayotgan narsalarni saqlab qolishga qaratilgan bo’ladi.
2. Progressiv romantizm – bu reaksion romantizmning teskarisi bo’lib, bunda eskilik va yangilik o’rtasidagi kurash tarixiy taraqqiyotga muvofiq tasvir etiladi.
3. Inqilobiy romantizm – bunda san’atkor o’z ijodida eski jamiyat tuzumini tubdan o’zgartirish g’oyasini ilgari suradi.
Reaksion romantizm passiv, progressiv va inqilobiy romantizm esa aktiv romantizm deb ham ataladi.
REALIZM – real voqealarni haqqoniylik bilan tasvirlash. Realist san’atkorlar hayotning xarakterli tomonlarini topa oladi va uni tipiklashtiradi. Tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda haqqoniyat bilan tasvirlash realstik san’atning negizidir. Realizm lotincha “moddiy”, “”hayotiy degan so’zdan olingan. Realizm ijodiy oqim sifatida badiiy asarda xarakter va voqealarni o’z ko’rinishida ko’rsatish demakdir. Realist adiblar quyidagilar: U.Shekspir, O.Bal’zak, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, M.Sholoxov, A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor va boshqalar.


 
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 13:58 | Сообщение # 3
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Xarakter (yunoncha xususiyat, belgi) – obrazning mukammallashgan ko’rinishi, turli xususiyatlari aniq ko’rinib turgan, yakka xususiyatlari kashf etilgan shakli. Xarakter qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui hisoblanadi. Adabiy qahramonga mansub ichki fe’l – atvor, fazilatlar, xususiyatlar birligi; qahramonning fikrlash tarzi, tabiati, his – tuyg’ularining, ma’naviy – axloqiy belgilarning namoyon bo’lishidagi o’ziga xosliklar; badiiy asarda harakat qiluvchi kishining, personajning individualigini ifoda etuvchi shaxs o’zligi estetikada va adabiyot ilmida umumlashtirilgan holda xarakter deb yuritiladi.
Xarakteristika (yunoncha iz, nusxa,tamg’a) – xarakterning g’oyat mukammallashgan ko’rinishi, unga mos xususiyatlarni butun to’laligi bilan aks ettiruvchi shaxs obrazi. U muayyan tarixiy sharoitdagi jamiyatning butun bir sinfi yoxud butun bir toifasiga mansub bo’lgan kishilarning tipik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan mukammal badiiy obraz hisoblanadi.

Tipiklik – tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda yaratish, ma’lum davr va ijtimoiy guruh uchun xarakterli bo’lgan voqealarni tipik obrazlar orqali yoritish.

Kompozitsiya (lotincha tuzib chiqish, tartibga solish) – badiiy asardagi qismlar, obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g’oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi, ularning tasviridagi mezoni va muvofiqligi.

G’oya
– asarlarning tasvir ob’ekti ustidan chiqarilgan “hukm”.

Epigraf
(yunoncha yozuv) – adabiy asar sarlavhasidan so’ng yoki uning qismi yoxud bobining boshlanishida yozib qo’yiladigan sitata,ibora, maqol.


 
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 14:00 | Сообщение # 4
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Syudjet (fransuzcha narsa, predmet) – badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o’zaro boglangan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqealar tizimi. Syujet xarakter bilan voqealar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. U quyidagilardan tashkil topadi:

1) Prolog (yunoncha avvalgi so’z, so’z oldi) – badiiy asardagi muqaddimaning bir turi.
2) Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish) – syujetning kirish, boshlanish qismi voqealar yuz beruvchi o’rin – joy, asar qahramonlarining xarakterini shakllantiruvchi ijtimoiy muhit va shart –sharoitlar tasviri.
3) Konflikt (lotincha ixtilof) – asar syujeti asosida yotgan hayotiy ziddiyat. U dramatizmni kuchaytiradi va voqealar rivojiga turtki beradi.
4) Tugun – badiiy asarda voqea va qahramonlar o’rtasidagi ziddiyatning , asosiy voqealarning boshlanishi, badiiy asar syujetida ziddiyatlarning paydo bo’lishi, boshlanishiga sabab bo’luvchi voqea. Tugun ekspozitsiyadan o’sib chiqadi.
5) Voqea rivoji – tugundan so’ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishi.
6) Kul’minatsiya (lotincha cho’qqi) – badiiy asardagi voqealar rivojining eng oliy nuqtasi, yuksak cho’qqisi, ish – harakat va kurashning g’oyat keskinlashgan o’rni.
7) Yechim – badiiy asar asosida yotgan ziddiyatning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi.
8) Epilog (yunoncha so’nggi so’z) – asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi xotima hisoblanadi.

Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot to’g’risidagi fan. “Adabiyotshunoslik” atamasi etimologik jihatdan “adabiyot” atamasiga fors – tojikcha “shinos” (yaxshi bilish) fe’li va o’zbekcha – lik affiksining qo’shilishidan hosil bo’lgan. U adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat.

Adabiyot nazariyasi
– so’z san’atining mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlarini, kishilik jamiyatidagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. U adabiyot haqidagi umumiy ma’lumot (adabiyotning mohiyati, sinfiyligi, obrazliligi va h.k.) adabiy asar haqidagi ta’limot (mavzu, g’oya. kompozitsiya) adabiy bosqichlar haqidagi ta’limoqdan iborat.

Adabiyot tarixi – so’z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiqi etadi, adabiyot taraqqiyotini xronologik izchillik bilan, uning eng qadimgi yodgorliklaridan boshlab shu kunga qadar yaratilgan asarlargacha tekshiradi.


Adabiy tanqid
– zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan tadqiq etadi, baholanadi, nuqsonlarni aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o’sishi va adabiyot ravnaqiga ko’maklashadi.

Antiklerikal adabiyot – umuman o’rta asr diniy taassublariga, xususan zohidlarga qarshi badiiy adabiyot.

Asar (arabcha) – adabiyotshunoslikka ma’lum g’oyaviy mazmunni tegishli badiiy shaklda tugal ifodalagan kichik lirik she’rdan boshlab yirik epik polotmoga qadar bo’lgan badiiy ijod mahsuloti.

Anekdot (grekcha , bosib chiqarilmagan) – g’alati voqea, kulguli hodisa to’g’risida kichik va maroqli hikoya. Termin sifatida anekdot birinchi marta VI asrda Vizantiyada qo’llanilgan.

Aforizm
(grekcha, qisqa, hikmatli so’z) – aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so’zlar.


 
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 14:05 | Сообщение # 5
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Adabiy oqim – adabiy yo’nalishga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, muayyan g’oyaviy, ijodiy va estetik tamoyillarni o’zida mujassamlashtirgan adabiyot.

Badiiy adabiyot tili
– adabiy til va so’zlashuv, ya’ni umumxalq tiliga asoslangan til. Bu til shoir va adiblar tomonidan pardozlangan, jilolangan poetik tildir.

Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi
– “mistifikatsiya” qadimgi yunoncha “mistika” so’zidan olingan bo’lib, “sirli - sehrli” degan ma’noni anglatadi. Adabiy mistifikatsiya badiiy tasvir usullaridan bo’lib, asarda muayyan maqsaddan kelib chiqib, hodisaga sirli tus berish, yo’q narsani bor deb o’quvchini ishontirishga urinishdir.

Badiiy asarning milliyligi
– asarda xalq, millat turmushi manzaralarini, milliy urf – odatlarni, millat vakillariga xos xususiyatlarni jonli, hayotiy ifodalash, asarning ruhida, ichki mazmunida, so’zlash tarzida milliylikning namoyon bo’lishi.

Badiiy asar poetikasi – asarning tuzilisgi, syujet va kompozitsiyasi, til xususiyatlari, hikoya qilish yo’sini, ifoda tarzi, tasvir usullari va vositalari, ohangi va umuman uning badiiy olami. “Poetika” so’zi yunoncha bo’lib, “san’at, badiiyat” ma’nolarini anglatadi.

Badiiylik
– voqelikni obrazlar orqali aks ettirish.

Badiiy mukammallik – poetik mazmunning asardagi barcha badiiy shakl unsurlari bilan yuksak darajada mutanosib holda obrazli tarzda namoyon bo’lishi.

Badiha
– maxsus tayyorgarliksiz, birdan aytilgan so’z, she’r, xalq qo’shiqlari, laparlari ko’pincha badiha tarzida yaratiladi.

Bayt (arabcha “uy”) – ikki misra she’r
Bayoz (arabcha “oq” , “oqlik”) – she’rlar to’plami. Bunday to’plamlar ko’pincha bir necha shoirlarning she’rlaridan tuziladi. Bayoz odatda she’r ixlosmandlarining iltimosi yoki buyurtmasi bilan kotiblar tomonidan tuziladi.

Baxshi – xalq shoiri, oqin, oshiq, dostonchi va ertakchi. Xalq ijodkorlarini o’zbek xalqi baxshi va shoir, qozoq xalqi oqin, qoraqalpoqlar jirov, ozarbayjonlar oshiq deb ataydilar.

Bag’ishlov – shoirning o’z asari boshida uni kimga ataganini yoki qanday voqea sharafiga bag’ishlanganini ifodalab yozgan she’ri, lirik kirish – debocha.

Biografiya (grekcha turmushni yozaman) – kishining tug’ilgan kunidan boshlab o’tgan hayotidagi voqealarni izchillik bilan bayon etish, tarjimai hol.


 
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 14:07 | Сообщение # 6
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Antologiya (grekcha) – qadimgi zamonda antic adabiyot namunalarini o’z ichiga olgan to’plamlar. Hozir ham shoirlarning tanlangan asarlari yoi biror xalq poesiyasining tanlangan namunalari to’plami antologiya deb nomlanadi.

Adabiy ertak
– xalq ertaklarini qayta ishlash yoki mustaqil syujet asosida biror adib tomonidan yozilgan ertaklar: H.Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor”…

Adabiy yo’nalish – muayyan tarixiy davrda ijodkor konsepsiyasi, g’oyaviy – badiiy xususiyatlari va ijodiy prinsiplari bilan bir – biriga yaqin turgan bir necha yozuvchilar ijodidagi g’oyaviy – badiiy xususiyatlar – g’oya, mavzu, badiiy tasvir tamoyillari birligi. Misol: Realistik yo’nalish.

Varvarizm (lotincha ajnabiy) – asar yozilgan tilga xos bo’lmagan va boshqa tillardan olingan chet tili so’zlari, iboralari.

Vulgarizm
(lotincha dag’al) – adabiy tilda ishlatilmaydigan dag’al so’zlar, noto’g’ri tuzilgan jumlalar.

Gimn
(grekcha tantanali qo’shiq) – qadimgi Gretsiyada afsonaviy xalq qahramonlari yoki xudolarni maqtab aytiladigan tantanali qo’shiq, she’r. Keyinchalik biror hodisa , shaxs yoki voqeani kuylovchi tantanali qo’shiqlar, millat, davlat va sinfning birligini ulug’lab kuylangan tantanali ashulalar ham gimn deb yuritila boshlangan.

Gumanizm (lotincha insoniy) – insonga muhabbat, odamgarchilik, kishiga g’amxo’rlik qilish va yordamga muhtoj odamlarni qo’llab – quvvatlash.

Devon
(arabcha to’plam) – biror shoir she’rlarining qofiya yoki radiflariga ko’ra alifbe sirasi bilan tartib etilgan to’liq to’plami. Devonga ko’pincha birinchi o’rinda g’azallar va qasidalar, oxirida esa fard va muammolar kiritilgan. Rasmiy mukammal devon tuzishda lirik turga mansub asarlar muayyan tartibda joylashtiriladi, har bir janrga mansub asarlar radifi tugagan harfga binoan qat’iy alifbo tartibida tiziladi, har bir harf turkumi Alloh, uning payg’a,bari, chahoryoru boshqa diniy siymo hamda iloniy tushunchalar madhiga bag’ishlangan asarlar bilan boshlanadi, bunday devonda maxsus debocha bo’lib, devon maxsus nomlanadi.

Debocha
(forscha, zar va durlar qadab tikilgan ipak kiyim) – badiiy prozaning o’ziga xos turi, mumtoz adabiyotda shoirning o’z devoniga yozgan “so’z boshi”, “kirish so’zi”.


 
Feya_89Дата: Среда, 11.05.2011, 14:09 | Сообщение # 7
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Detektiv adabiyot (lotincha, ochish) – ayg’oqchilarning myrakkab sarguzashtlarini hikoya qiluvchi romanlar, qissalar va hikoyalardan iborat adabiyot.

Dunyoviy adabiyot – diniy – mistik adabiyotga qaram – qarshi o’laroq, hayotga muhabbat bilan qarab, dunyoning nozu ne’matlaridan bahramand bo’lishga , yashashga chaqiruvchi, inson va hayot ishqini kuylovchi adabiyot.

Dialog – iki yoki undan ortiq kishining o’zaro suhbati.

Dramatik asar – sahnada namoyish etish uchun monolog va dialog shaklida bitilgan asar. Bunday asarlar pardalarga, pardalar ko’rinishlarga bo’linadi.

Drama – kulgili vaziyat yetakchilik qilmagan va qahramon yoki qahramonlarning halokati bilan tugamagan sahna asari. Dramaning lirik drama, ertak – drama, fantastik drama singari ko’rinishlari mavjud

Dramaturgiya
– mazkur turda yaratilgan barcha janrga xos asarlar majmui.

Didaktik adabiyot (yunoncha, ibratli, saboq bo’larli, nasihatomuz) – o’z oldiga axloqiy – tarbiyaviy hamda ma’rifiy muammolarni badiiy tarzda tasvirlashni maqsad qilgan adabiyot.

Yodnomalar
(memuarlar) – muallifning o’zi qatnashgan yoki o’z ko’zi bilan ko’rgan o’tmish voqealari haqidagi hikoyasi. Bayon qilish shakli, izchilligi jihatidan yodnomalar kundaliklarga yaqin tursa, materaiali, uning ishonchliligi, badiiy to’qimaning yo’qligi jihatidan esa ilmiy asarlarga yaqin turadi. O’zbek adabiyotida memuarlarni asosan ikki – tarixiy –yodnoma va badiiy – yodnoma asarlarga bo’lish mumkin. Lekin tarixiy – yodnoma asarlarda badiiylik, badiiy – yodnoma asarlarda esa tarixiylik ham bo’lishi mumkin. Yodnomalarda muallif – hikoya qiluvchi shaxs ishtirokchi yoki shohid sifatida voqealar markazida turadi. “Boburnoma” XVI asr boshlaridagi o’zbek tarixiy – badiiy yodnoma nasrining va eski o’zbek adabiy tilining nodir namunasidir. S.Ayniyning “Esdaliklar” , A.Qahhorning “O’tmishdan ertaklar”, Oybekning “Bolalik” asarlari hozirgi zamon o’zbek badiiy – yodnoma adabiyotiga misol bo’la oladi.


 
Miss_TUITДата: Четверг, 12.05.2011, 11:05 | Сообщение # 8
Сержант
Группа: Модераторы
Сообщений: 30
Награды: 10
Репутация: 25
Статус: Off-line
Ma'lumotlar uchun raxmat

 
Feya_89Дата: Пятница, 13.01.2012, 16:35 | Сообщение # 9
Sayt Administratori
Группа: Администратор
Сообщений: 115
Награды: 10
Репутация: 150
Статус: Off-line
Mahmud Koshg`ariy




Mahmud Koshg`ariy - turkiy xalqlarning qomusiy olimi. Uning "Devonu lug`otit-turk" asari 11 asrda (1072-yilda) yaratilgan. Asarda juda ko`plab she'rlar, qo`shiqlar, xalq og`zaki ijodiga mansub asarlarning parchalari jamlangan.
Olimning to`liq ismi Mahmud ibn ul=Husayn ibn Muhammad il Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariy asarini yozish uchun Qashqardan boshlab Movarounnahr, Xorazm, Farg`ona, Buxoroga qadar bo`lgan o`lkalarni kezib chiqqan, o`sha yerlarda istiqomat qiladigan aholidan turli badiiy parchalarni yozib olgan. Olimlar bu parchalarning ayrimlari 5-7-asrlarga ham aloqadorligini ta'kidlashadi.


 
Forum.Studentka » Vertual olam / Vertualniy Mir » Vertu darsliklar » Adabiyotni o`rgatamiz.
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024