Yovvoyi jonivorlar bilan to'qnashuv inson uchun ko'pincha o'lim bilan yakun topadi. Xo'sh qaysi jonivorlardan uzoqroq yurgan ma'qul ?! E'tiborlaringizga eng xavfli jonivorlarni sanab o'tamiz.
Birinchisi, zaharli ilonlar. Bir yilda dunyoda 50 ming kishi ilon chaqishidan vafot etadi. Qurbonlarning aksariyati Osiyo kobralari hujumidan o'lim topishadi.
Ikkinchisi, beozor ko'ringan moskvit chivini. Chivin chaqishidan ko'pincha qashlanish bilan qutilib qo'ya qolamiz. Biroq, tropik o'lkalarda chivinlar bezgak kabi o'latlarni insondan-insonga yuqtirishadi. Qonni turli parazitlar bilan zaharlashadi. Ushbu hasharotlar yiliga 3 million kishining yostig'ini quritishga sabab bo'ladilar.
Uchinchisi, katta oq akula. Ularning sezgisi judayam kuchli. Suvdagi qon akulalarda ochiqish hissini paydo qiladi. Shunda u harakatlanayotgan jamiki, narsani burdalash uchun 3 mingdan ortiq tishini ishga soladi. Oq akula issiq suvlarda, barcha okeanlarda, jumladan, O'rta Yer, Yapon dengizlarida suzishadi. Uzunligi 7-8 metrgacha yetadi. 12 metrli oq akulalar ham uchragan.
|