Главная
Регистрация
Вход
Пятница
17.05.2024
08:09
WELCOME !!! Гость | RSS
Studentka.ucoz.net

Saytga kirish
гость
08:09
GRUPPA: Гости


Menyu

Bizning savol
Siz qayerda ta'lim olasiz?
Всего ответов: 351

Yo'nalish
She'rlar [7]
She'rlar olami ...
Dunyo yangiliklari [3]
Turizm haqida [4]
Aforizmlar [11]
Avtomobillar [2]
Qiziqarli xabarlar [7]
Qo`shiq matni [7]
Sport olami [2]
Taom retseptlari [7]
Abiturientlar uchun ma'lumotlar [11]
Fizika, Matematika, Adabiyot va Ona tili
Tabrik va E'lonlar [2]

  
Главная » 2011 » Октябрь » 5 » Fizik olimlar
16:47
Fizik olimlar
Vilgelm Rentgen
Vilgelm Rentgen (1845 -1923) Germaniyaning kichikroq qishloqlaridan birida tug’ildi. U Tsyurix politexnikumida ta’lim oldi. Keyinchalik Lyutsburg universitetiga kelib professor unvoniga ega bo’ldi va Maksvellning elektromagnitlar ustidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. Shu bilan birga Rentgen turli gazlarning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatlarini o’rgandi.
V. Rentgen 1895-yil anod va katoddan iborat elektrodli vakuum trubkalarida tajriba o’tkazayotib bir qancha yangi hodisalarni va noma’lum nurlarni kuzatadi, tasodifan Rentgen o’zining qo’l suyallarning qora tasvirini plastinkada ko’rib qoladi. Bu nurlarni har qanday to’siqdan, odam tanasi, qog’oz, karton va yupqa metall qatlamlaridan osongina o’ta olish qobiliyati borligini aniqladi. Boshqa nurlardan va quyosh nurlaridan farqli bo’lgan bunday ko’zga ko’rinmas bu nurni tushuntirib berish oson emas edi, shu sababli Rentgan uni "X- nur”, ya’ni kelib chiqishi noma’lum nur, deb ta’rifladi. Keyinchalik olimlar bu nurni "Rentgen nuri” deb nomlashdi. Bu nur hozirgi hayotida juda keng qo’llanilmoqda, ayniqsa tibbiyot sohasining rivojiga bu nurlarning ahamiyati g’oyat kattadir.

Genrix Gerts
Genrix Gerts (1857 -1894) Germaniyaning Gamburg shahrida tug’ildi. U muhandislik bilimlarini o’rgandi va keyinchalik, fizikani o’rganishga qiziqdi. U elektr zaryadlr ustida ko’p tajribalar olib bordi. Ana shu tajribalarning biri shuni ko’rsatdiki, elektr oqimi o’zidan elektromagnit to’lqinlar chiqarar ekan va buni bir qancha uzoqlikdan ham aniqlash mumkin. Bundan xulosa chiqargan G. Gerts haqiqatdan radioto’lqinlar – elektromagnit nurlanishning alohida ko’rinishi mavjudligini isbotladi. Keyinchlik, radioto’lqin ham xuddi yorug’lik to’lqiniga o’xshab, fokuslanish va sinib qaytish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Genrix Gertsning ishlari Maksvellning teoriyasini rivojlantirdi, ya’ni elektromagnit to’lqinlar xuddi yorug’lik nurlanishi kabi bo’lishini tasdiqladi.

Jeyms Maksvell
Jeyms Maksvell (1831 -1879) Shotlandiyaning Edinburg shahrida tug’ildi va shu shaharda ta’lim oldi. U matematik va Fizik edi. Uning asosiy tajriba va ishlari asosan, elektr va magnetizmga bag’ishlangan edi. Xans Ersted va Maykl Faradeyning g’oyalarini hamda nazariyalarini rivojlantirib elektromagnit kuchlanishni matematik hisobini va formulalarini keltirib chiqardi. U elektr toki manbai hosil qilgan magnit maydonning tarqalish tezligi tenglamasini tuzdi. Maksvell bu tezlikning yorug’lik tezligiga yaqin bo’lishini aniqladi va yorug’lik ham elektromagnit to’lqinning alohida ko’rinishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.
Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: Abiturientlar uchun ma'lumotlar | Просмотров: 4036 | Добавил: Feya_89 | Рейтинг: 3.7/9
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Saytdan qidirish

Kalendar
«  Октябрь 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Yangiliklar olami

Sayt dustlari
  • DODA Portal
  • FAkultetlar
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Copyright MyCorp © 2024