Tajribali it barsni tutib yer,
Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher. * * *
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
* * *
Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,
Tog‘larni ham oson aylaydi tilka. * * *
To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.
* * *
Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,
Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri. * * *
Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,
Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon. * * *
O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.
|