Mahmud Koshg`ariy biografiyasi Mahmud Koshg`ariy - turkiy xalqlarning qomusiy olimi. Uning "Devonu lug`otit-turk" asari 11 asrda (1072-yilda) yaratilgan. Asarda juda ko`plab she'rlar, qo`shiqlar, xalq og`zaki ijodiga mansub asarlarning parchalari jamlangan.
Olimning to`liq ismi Mahmud ibn ul=Husayn ibn Muhammad il Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariy asarini yozish uchun Qashqardan boshlab Movarounnahr, Xorazm, Farg`ona, Buxoroga qadar bo`lgan o`lkalarni kezib chiqqan, o`sha yerlarda istiqomat qiladigan aholidan turli badiiy parchalarni yozib olgan. Olimlar bu parchalarning ayrimlari 5-7-asrlarga ham aloqadorligini ta'kidlashadi.