Syudjet (fransuzcha narsa, predmet) – badiiy asarlarning bevosita
mazmunini tashkil etgan, o’zaro boglangan va rivojlanib boruvchi
hayotiy voqealar tizimi. Syujet xarakter bilan voqealar o’rtasidagi
munosabatni ifodalaydi. U quyidagilardan tashkil topadi: 1) Prolog (yunoncha avvalgi so’z, so’z oldi) – badiiy asardagi muqaddimaning bir turi. 2)
Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish) – syujetning kirish, boshlanish
qismi voqealar yuz beruvchi o’rin – joy, asar qahramonlarining
xarakterini shakllantiruvchi ijtimoiy muhit va shart –sharoitlar
tasviri. 3) Konflikt (lotincha ixtilof) – asar syujeti
asosida yotgan hayotiy ziddiyat. U dramatizmni kuchaytiradi va voqealar
rivojiga turtki beradi. 4) Tugun – badiiy asarda voqea va
qahramonlar o’rtasidagi ziddiyatning , asosiy voqealarning boshlanishi,
badiiy asar syujetida ziddiyatlarning paydo bo’lishi, boshlanishiga
sabab bo’luvchi voqea. Tugun ekspozitsiyadan o’sib chiqadi. 5) Voqea rivoji – tugundan so’ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishi. 6)
Kul’minatsiya (lotincha cho’qqi) – badiiy asardagi voqealar rivojining
eng oliy nuqtasi, yuksak cho’qqisi, ish – harakat va kurashning g’oyat
keskinlashgan o’rni. 7) Yechim – badiiy asar asosida yotgan ziddiyatning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi. 8) Epilog (yunoncha so’nggi so’z) – asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi xotima hisoblanadi. Adabiyotshunoslik
– badiiy adabiyot to’g’risidagi fan. "Adabiyotshunoslik” atamasi
etimologik jihatdan "adabiyot” atamasiga fors – tojikcha "shinos”
(yaxshi bilish) fe’li va o’zbekcha – lik affiksining qo’shilishidan
hosil bo’lgan. U adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid deb
nomlanuvchi 3 qismdan iborat. Adabiyot nazariyasi –
so’z san’atining mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlarini, kishilik
jamiyatidagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. U
adabiyot haqidagi umumiy ma’lumot (adabiyotning mohiyati, sinfiyligi,
obrazliligi va h.k.) adabiy asar haqidagi ta’limot (mavzu, g’oya.
kompozitsiya) adabiy bosqichlar haqidagi ta’limoqdan iborat. Adabiyot tarixi
– so’z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiqi
etadi, adabiyot taraqqiyotini xronologik izchillik bilan, uning eng
qadimgi yodgorliklaridan boshlab shu kunga qadar yaratilgan asarlargacha
tekshiradi. Anekdot
(grekcha , bosib chiqarilmagan) – g’alati voqea, kulguli hodisa
to’g’risida kichik va maroqli hikoya. Termin sifatida anekdot birinchi
marta VI asrda Vizantiyada qo’llanilgan.
Aforizm (grekcha, qisqa, hikmatli so’z) – aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so’zlar.
|