Samarqand – jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Er yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi.
Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari uni ishg’ol qilgan. Eramizning birinchi asrlarida shahar qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga tushib
...
Читать дальше »