Zarur masalliqlar: 400g dan go`sht qiymasi va spagetti, 250ml. sabzavotli sho`rva (kubiklardan foydalansangiz ham bo`ladi), 1 dona tuxum, 4 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 dona sariq bolgar qalampiri, 1 bosh piyoz, 2 osh qoshiq non talqoni, Ko`katlar, Tuz, murch.
Tayyorlanishi:
Go`sht qiymasini tuxum, non talqoni bilan aralashtirib, tuz, murch sepamiz. Kichkina dumaloqchalar yasab, o`simlik yog`ida qoviramiz.
Piyoz va bolgar qalampirini maydalab to`g`rab, qiymali dumaloqchalarni ustidan solamiz. Sabzavotli sho`rvani quyib, 10 daqiqa qaynatamiz, keyin past olovda dimlaymiz. Tuz, murch sepishni unutmang.
Spagettini tuzli suvda qaynatamiz. Keyin sovuq suvga solib, chayib olamiz. Idishlarga solib, ustidan qiymali sousdan quyib, dasturhonga tortamiz.